Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dunyodagi eng qimmat qo‘y sotildi — yarim million dollar...(video)

Dunyodagi eng qimmat qo‘y sotildi — yarim million dollar...(video)

Illyustrativ foto

Shotlandiyadagi kimoshdi savdosida zotdor qo‘y rekord darajada qimmat — salkam 500 ming dollar (!)ga sotildi.

Auksionda teksel zotli qo‘zi uchun o‘nlab fermerlar talashishdi. Qo‘yning laqabi ham narxidan qolishmaydi: «Qo‘shaloq brilliant». Kimoshdi g‘olibi qo‘yning egasiga naq 368 ming funt sterling sanab berdi.

Bu yakuniy baho jahon rekordini yangiladi: ilgarigisi ham Shotlandiya (Lanark)da qayd etilgan, 2009-yilda bitta qo‘y 231 ming funt ($306,7 ming)ga sotilgan.

Teksel nasldor qo‘ylari Niderlandiyada, shu nomli orolda birinchi bo‘lib yetishtirilgan. Sifatli go‘shti va juni uchun qadrlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring