Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyoning eng boy odami tarixiy rekord o‘rnatdi

Dunyoning eng boy odami tarixiy rekord o‘rnatdi

Foto: «Emma McIntyre/Getty Images»

Dunyoning eng boy odami va «Amazon» rahbari Jeff Bezos rekord o‘rnatdi: uning mol-mulki 200 milliard dollardan oshdi. U ushbu ko‘rsatkichni zabt etgan tarixdagi birinchi milliarderga aylandi. Bu haqda «Forbes Real-Time» reytingida ma’lumot berilgan.

Rekord 25-avgust kuni savdo paytida o‘rnatilgan. Biroq savdo yopilish arafasida tadbirkorning mablag‘i yana 199,7 milliard dollarlik ko‘rsatkichga qaytgan. Koronavirus pandemiyasi boshlangandan beri «Amazon» aksiyalari qariyb 55 foizga qimmatlashgan, asoschisining boyligi esa bir yil ichida qariyb 86 milliard dollarga ko‘paygan.

Avgust oyida Bezos kompaniyaning taxminan bir millionta aksiyasini 3,1 milliard dollarga sotib, taxminan 2,4 milliard dollar ishlab olgandi. Hozirgi vaqtda «Amazon» qimmatbaho qog‘ozlarining 54 milliontasi unga tegishli.

Mutaxassislar amerikalik tadbirkorning 2026-yildayoq dunyodagi birinchi trillionerga aylanishiga ishonishmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring