Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyoning eng qimmat brendlari e’lon qilindi

Dunyoning eng qimmat brendlari e’lon qilindi

Foto: «Independent Newspapers»

«Brand Finance» agentligi dunyoning eng qimmat brendlari ro‘yxatini yangiladi. E’tiborli jihati, Xitoyning «Huawei» kompaniyasi o‘z tarixida ilk marta kuchli o‘nlikka kirdi — 65,084 mlrd. dollar.

Ammo bu ro‘yxatda Xitoyning «Ping An» va «ICBC» kompaniyalari «Huawei»ni ortda qoldirmoqda.

Dunyoning eng qimmat brendi sifatida «Amazon» savdo maydoni topildi, narxi — 220,791 milliard dollar. Uning ta’qibchilari «Google» (159,722 mlrd. dollar) va «Apple» (140,524 mlrd. dollar). «Microsoft» (117,072 mlrd. dollar) va «Samsung» (94,494 mlrd. dollar) to‘rtinchi va beshinchi pog‘onalarda.

Dunyoning eng qimmat brendlari reytingiga AQShning 205 kompaniyasi (umumiy qiymati — 320,4 mlrd. dollar) kirdi. Ikkinchi o‘rinda Xitoy — 70 ta kompaniya (umumiy qiymati 133,4 mlrd. dollar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring