Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Efiopiyada qochoqlar lageriga aviazarba berilishi oqibatida 50 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Efiopiyada qochoqlar lageriga aviazarba berilishi oqibatida 50 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Foto: U.S. Marine Corps

Efiopiyaning Tigray shtatida qochoqlar lageriga havo hujumi oqibatida kamida 56 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda «Reuters» insonparvarlik tashkilotining ikki nafar xodimiga asoslanib xabar berdi.

Aviazarba 7-yanvar kechki payt Eritreya bilan chegaraga yaqin Dedebit shahri yaqinida berilgan.

Efiopiya hukumati voqea yuzasidan hozircha axborot bermagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring