Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yerning «o‘pka»si xavf ostida...

Yerning «o‘pka»si xavf ostida...

Foto: AFP

Janubiy Amerika hududidagi Amazon o‘rmonlari 3 ming futbol maydoniga teng hajmda qisqarib bormoqda. Amazon antropologiya va ekologiya instituti tadqiqotlariga ko‘ra, 2022 yilda muhofaza olingan hududda daraxt kesish ko‘rsatkichi keskin oshgan.

O‘tgan yilning birgina dekabr oyida Amazondagi 287 kvadrat kilometr daraxtzor yo‘q qilingan.

Tabiatni muhofaza qiluvchi tashkilotlar mintaqada yer maydonini bo‘shatib, zamonaviy inshootlar qurish, foydali qazilmalar va yog‘och olish maqsadida o‘rmonlarga qiron keltirish xavfli tus olgani haqida bong urmoqda.

Amazon Yerning «o‘pka»si deb ataladi. Ushbu o‘rmon va daraxtzorlar sayyoramizni 20 foiz kislorod bilan ta’minlaydi, yiliga atmosferaga chiqarilgan 1 milliard tonnadan ziyod zaharli gazni yutadi. Kurrai arzning 10 foiz o‘simlik va hayvonot olami ham Amazon bag‘rida yashab kelmoqda.

Mutaxassislarning ogohlantirishicha, Amazon o‘rmonlarini mahv etish shu sur’atda davot etsa, tez fursatda sayyora uchun halokatli oqibatlar yuz berishi tayin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring