Eron va AQSh muzokaralari Istanbulda emas, O‘monda o‘tkaziladi
Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aragchi yadroviy dastur bo‘yicha AQSh bilan muzokaralar Maskatda juma kuni soat 10:00 (Grinvich bo‘yicha 06:00)da boshlanishi haqida X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.
Ushbu postdan avval, chorshanba oqshomida Axios nashri mavzular va uchrashuv joyi bo‘yicha kelishmovchiliklar tufayli muzokaralar bekor qilinish arafasida ekanligi haqida xabar tarqatgan edi. Shu paytgacha muzokaralar Istanbulda o‘tkazilishi kutilayotgandi.
Biroq keyinroq Axios bir nechta Yaqin Sharq yetakchilarining aralashuvi tufayli muzokaralar baribir bo‘lib o‘tishini va unga O‘mon poytaxti Maskat mezbonlik qilishini ma’lum qildi. Muzokaralarda AQSh nomidan boshqa bir qator mojarolarni hal qilishda ham ishtirok etayotgan maxsus vakil Stiv Uitkoff qatnashishi kutilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter