Eronda 2025-yil boshidan beri 841 kishi qatl etildi

Oyatulloh Xamanaiy
Eronda 2025-yil boshidan beri kamida 841 kishi qatl etildi, deb xabar berdi BMT Inson huquqlari boshqarmasi.
Taqqoslash uchun: Eronda 2024-yil davomida 975 ta o‘lim jazosi ijro etilgan.
BMT shohidlik berishicha, iyul oyida Eronda 110 ta nafar odam qatl etildi, ya’ni o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan ikki baravar ko‘p.
Ushbu tendensiya Eron rejimi muxolifatni bostirish uchun o‘lim jazosini muntazam qo‘llayotganidan dalolat beradi, dedi BMT Inson huquqlari bo‘yicha idorasi vakili Ravina Shamdasoniy. Mahkumlar ko‘pincha qurolli isyon, josuslik yoki diniy jinoyatlarda ayblanadi.
Iyunda, Isroil bilan o‘n ikki kunlik urushdan oldin ham qatllar ko‘paydi, ammo nizo paytida va sulh kuchga kirgandan keyin tendensiya kuchaydi. Eron xavfsizlik organlari faollarni va dushmanning gumondagi sheriklarini tinmay ta’qib qildi. Mamlakat matbuoti Isroilga josuslik qilganlar qatl etilgani haqida oxirgi oylarda ko‘p xabar tarqatdi.
Shamdasoniy aytishicha, ayrim davrlarda hukumatning o‘zgacha fikrlovchilarga toqatsizligi oshadi va qatag‘on tendensiyasi kuchayadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter