Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Eski qadrdonlar» endi Vetnamda uchrashadi

«Eski qadrdonlar» endi Vetnamda uchrashadi

Foto:«Business Insider»

AQSh prezidenti Donald Tramp joriy yilning 27-28-fevral kunlari KXDR rahbari Kim Chen In bilan Vetnamda uchrashishni rejalashtirayotganini tasdiqladi.

Avvalroq, «Politico» nashri Tramp bu haqda telejurnalistlarga aytganini xabar qilgan.

«Biz KXDR yetakchisi Kim bilan yana bir marta 27-28-fevral kunlari Vetnamda uchrashamiz»- degan Tramp Kongressga yillik murojaatida.

Tramp avval ham Kim bilan fevralda uchrashishi mumkinligi haqida gapirgandi.

Eslatib o‘tamiz, Tramp Kim Chen In bilan 2018-yil 12-iyun kuni Singapurda uchrashgan va unda yadroviy qurollanishni cheklash bo‘yicha hujjatlar imzolangan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring