Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

FT: Tramp va Putin uchrashuvi Moskva talablaridan so‘ng bekor qilingan

FT: Tramp va Putin uchrashuvi Moskva talablaridan so‘ng bekor qilingan

Joriy yil 16-oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan Tramp va Putin o‘rtasidagi telefon muloqotidan so‘ng, AQSh prezidenti ikki rahbarning Budapeshtda ikki hafta ichida uchrashishini e’lon qilgan edi.

Biroq, Financial Times nashri manbalariga ko‘ra, ushbu suhbatdan bir necha kun o‘tib, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Vashingtonga memorandum yuborgan. Unda Moskva Ukrainadagi urushning «asosiy sabablarini bartaraf etish» talabini ilgari surgan. Xususan, Rossiya tomoni Kiyevdan quyidagilarni talab qilgan:

  • hududiy imtiyozlar berishni;
  • Ukraina qurolli kuchlarini qisqartirishni;
  • mamlakat hech qachon NATOga qo‘shilmasligiga kafolat berishni.

Shundan so‘ng AQSh davlat kotibi Marko Rubio va Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov telefon orqali suhbatlashgan. Manbalarga ko‘ra, Rubio Trampga Moskva muzokaralarga tayyor emasligini aytgan.

Boshqa manbaning so‘zlariga ko‘ra, Tramp Moskvaning pozitsiyasidan ko‘ngli to‘lmagan, shuningdek, Lavrovning murosasiz munosabati Vashingtonda shubha uyg‘otgan.

AQSh, ayniqsa, Lavrovning sentyabr oyida Nyu-Yorkda Rubio bilan bo‘lgan qisqa uchrashuvda aytgan gaplaridan so‘ng muzokaralar foydali bo‘lishiga ishonmay qo‘ygan. Lavrov o‘shanda Rossiya «Ukraina natsistlar qo‘lida» degan iddaoda ekanligini qayd etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring