Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Gitlerning so‘nggi telegrammasi auksionda sotilmoqda

Gitlerning so‘nggi telegrammasi auksionda sotilmoqda

«Alexander Historical Auctions House» auksionlar uyida Adolf Gitlerga tegishli ekani ma’lum qilingan telegramma va fyurerga feldmarshal Ferdinand Sherner tomonidan yo‘llangan xat sotuvga qo‘yilmoqda.

Hujjatlar nusxasi auksionlar uyi saytida chop etilgan.

Feldmarshal Sherner o‘z xatida joriy holat haqida axborot berib, Gitlerdan Berlinni tark etishni iltimos qilgan.

Gitler esa o‘z navbatida (1945-yil 24-apreldagi telegrammasida) Berlinda qolishga va shaharni qo‘ldan bermaslik uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishini bildirgan.

«Men Berlinda Germaniya uchun hal qiluvchi jangda ishtirok uchun qolaman» deya yozgan u.  

Avvalroq. Gitlerning Janubiy Amerikaga qochgani haqida xabarlar chiqqandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring