Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mixail Gorbachev Lukashenkoning xatosini aytdi

Mixail Gorbachev Lukashenkoning xatosini aytdi

Foto: APA

Sobiq ittifoq prezidenti Mixail Gorbachyovning fikricha, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakat korxonalari ishchilarini qo‘llab-quvvatlashga chaqirishda kechikkan.

«Lukashenko sanoat korxonalari ishchilariga yordam so‘rab murojaat qildi. Ammo bu juda kech», dedi u «Komsomolskaya pravda»ga bergan intervyusida.

Sobiq ittifoq rahbari vaqtida o‘zi ham shunday vaziyatga tushganini izohlagan.

U «bo‘linish va ichki urushning oldini olish uchun» prezidentlik postini tark etganini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 9-avgust kuni Belarusda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. Markaziy saylov komissiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, davlat rahbari Aleksandr Lukashenko 80,1 foiz ovoz to‘plagan, Tixanovskaya esa 10,12 foiz ovoz olgan. Muxolifat ushbu natijalarni tan olishdan bosh tortdi.

Saylovdan so‘ng darhol ommaviy norozilik namoyishlari boshlandi. Avvaliga ular xavfsizlik kuchlarining jiddiy qarshiligiga duch kelishdi, ammo keyinchalik mitinglarni «bostirishga» urinishlar to‘xtatilgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, dastlabki kunlarda taxminan yetti ming kishi hibsga olingan. Ichki ishlar vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, yuzlab odamlar jarohatlangan, ularning orasida 120 dan ortiq huquq-tartibot xodimlari bor, uch kishi halok bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring