Hindistonda nikoh yoshi 30 ga yaqinlashmoqda: Bo‘ydoqlar nega shoshilmayapti?
So‘nggi o‘n yil ichida hindistonlik bo‘ydoqlar orasida turmush qurish o‘rtacha yoshi 27 dan 29 ga ko‘tarildi, deb xabar berdi The Tribune gazetasi.
Ushbu o‘zgarish moliyaviy barqarorlik, karera qilish va shaxsiy tayyorgarlik erta turmush qurishdan ko‘ra muhimroq ahamiyat kasb etayotganini ko‘rsatadi, deb ta’kidlaydi tadqiqot mualliflari.
Tadqiqotga ko‘ra, qayta turmush qurishni xohlovchilar soni ham sezilarli darajada oshgan. O‘n yil avval platforma foydalanuvchilarining 11 foizi ikkinchi marta nikohdan o‘tish istagini bildirgan bo‘lsa, 2025-yilda bu ko‘rsatkich 16 foizga yetgan.
Milliy statistika qo‘mitasi so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda qayd etilayotgan nikohlarda asosiy ulushni 20–30 yosh oralig‘idagilar tashkil etadi: erkaklarning — 78,7 foizi, ayollarning — 53,5 foizi shu yoshda turmush qurmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter