Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ikki yoshli qizcha o‘qlangan qurol topib oldi va o‘zini otib qo‘ydi

Ikki yoshli qizcha o‘qlangan qurol topib oldi va o‘zini otib qo‘ydi

foto: Stockphoto

Amerikaning Virjiniya shtatida yashovchi ikki yoshli qizaloq Xempton  uydan o‘qlangan to‘pponcha topib oladi. Albatta qizaloq  bunday «o‘yinchoq» qanchalik xavfli ekanligini bilmas edi.

Natijada ikki yoshli qizaloq tepkini bosdi va tasodifan o‘zini otib qo‘ydi. Yaralangan qizaloq tezda kasalxonaga yetkazilgan bo‘lsa-da, shifokorlar uning hayotini saqlab qola olmadilar.

Hozircha qurol egasi hibsga olinmagan bo‘lsa-da, jinoyat ishi o‘ta og‘ir jinoyatlarga qarshi kurash bo‘limi tomonidan tergov qilinmoqda. Dastlab qurolni saqlayotgan ota-ona nima uchun mas’uliyatsizlik qilgan va bola uni topib olganida uyda kattalar bo‘lganmi yoki yo‘qmi shuni aniqlash kerak.  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring