Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Insonlar miyasida chiplarni sinab ko‘rishni tez orada boshlaymiz— Ilon Mask

Insonlar miyasida chiplarni sinab ko‘rishni tez orada boshlaymiz— Ilon Mask

Amerikalik biznesmen, Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask yana o‘zining Neuralink kompaniyasi miyaga o‘rnatiladigan chiplar implantatsiyasini odamlarda sinovdan o‘tkazish rejasini e’lon qildi. Bu haqda u Wall Street Journal o‘tkazgan tadbirda ma’lum qilgan.

Mask avvalroq «chiplarni insonlar miyasida sinab ko‘rish ishlari tez orada boshlanishini» aytgan edi.

Uning aytishicha, cho‘chqa va maymun kabi hayvonlarda muvaffaqiyatli sinovdan o‘tgan miya implanti 2022 yilda haqiqiy insoniy sinovlarga tayyor bo‘ladi.

«Neuralink maymunlarda yaxshi ishladi. Aslida biz juda ko‘p sinovlarni o‘tkazmoqdamiz. Biz u juda xavfsiz va ishonchli ekanligini tasdiqlaymiz, qurilmani xavfsiz olib tashlash ham mumkin», — degan Mask.

Kompaniya miyaga o‘rnatilgan chiplar orqa miyaning og‘ir jarohati bo‘lgan odamlarga yordam berishiga umid qilmoqda.

7 dekabr kuni e’lon qilingan tvitida Ilon Mask Neuralink oxir-oqibat «noto‘g‘ri» yoki «yo‘qolgan» miya neyronlarini qurilma yordamida tuzatishga umid qilishini qo‘shimcha qilgan. Uning ta’kidlashicha, ko‘plab jismoniy kasalliklar «mavjud neyronlar orasidagi signallarni oddiygina ulash orqali tuzatilishi mumkin».

«Kelgusi yilda qurilmalarni odamlarda ishlatganimizda taraqqiyot tezlashadi», —deya qo‘shimcha qilgan u.

Avvalroq Ilon Mask o‘z universitetini ochmoqchi ekanligini ma’lum qilgan edi. 

Mask hatto universitetga nom ham topib qo‘ygan, uning rejasiga ko‘ra ta’lim muassasasi «Texas fan va texnologiyalar instituti» deb nomlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring