Islandiya Tramp tufayli YeIga qo‘shilish bo‘yicha referendum o‘tkazadi
Islandiya Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish jarayonini qayta boshlash bo‘yicha referendum o‘tkazadi.
Mamlakat hukumati ushbu masala bo‘yicha ovoz berish 29-avgust kuni bo‘lib o‘tishini e’lon qildi.
2013-yilda Islandiya to‘rt yillik muhokamalardan so‘ng Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatdi. Rasmiylar bu qarorning asosiy sababi sifatida Reykyavikning baliqchilik sanoati bo‘yicha o‘z qarorlarini qabul qilish istagini keltirdilar.
Biroq, so‘rovlarga ko‘ra, yashash narxlarining oshishi va Ukrainadagi urush sharoitida islandiyaliklarning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishga qiziqishi oshdi.
AQSh prezidenti Donald Trampning Islandiya va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasida joylashgan Grenlandiyani anneksiya qilish tahdidlaridan so‘ng, Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish ham dolzarb bo‘lib qoldi.
RUV jamoat teleradiokompaniyasining xabar berishicha, Islandiya tashqi ishlar vaziri Katrin Gunnarsdottir matbuot anjumanida hukumat referendum o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorni bir ovozdan ma’qullaganini e’lon qildi.
Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralar natijalari mamlakatning blokka qo‘shilishi kerakmi yoki yo‘qmi degan savol bo‘yicha ikkinchi referendumga qo‘yiladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter