Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ispaniya o‘z hududidan Eronga zarba berish uchun foydalanishga ruxsat bermadi

Ispaniya o‘z hududidan Eronga zarba berish uchun foydalanishga ruxsat bermadi

Foto: RTVI

The Guardian xabariga ko‘ra, Donald Tramp Ispaniyaga tahdid qilib, savdo aloqalarini to‘liq uzishini aytdi. Madrid Pentagonga Eronga zarba berish uchun o‘z harbiy bazalaridan foydalanishga ruxsat bermagani bunga sabab bo‘ldi.

Gap AQSh va Ispaniya birgalikda boshqaradigan ikkita ob’yekt — Rota harbiy-dengiz bazasi va Moron-de-la-Frontera aerodromi haqida bormoqda. Ular mamlakat janubida, Gibraltar bo‘g‘ozi yaqinida joylashgan.

AQSh bilan 1953-yilda imzolangan ikki tomonlama kelishuv Ispaniyaga o‘z hududidagi Amerika harbiy kontingentidan foydalanish shartlariga ta’sir o‘tkazish imkonini beradi.

Keskinlik kuchayib borayotgan bir paytda Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches «urushga yo‘q» («no a la guerra») deya bayonot berdi.

Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon irodasini namoyon etgani uchun Ispaniyaga minnatdorlik bildirdi.

«Ispaniyaning sionist-amerika koalitsiyasi tomonidan inson huquqlarining qo‘pol ravishda buzilishiga hamda mamlakatlarga, jumladan, Eronga qarshi harbiy tajovuzga nisbatan ko‘rsatgan mas’uliyatli munosabati G‘arbda hali ham axloq va vijdon mavjudligini ko‘rsatadi. Men Ispaniya rasmiylariga o‘z pozitsiyalari uchun minnatdorlik bildiraman», — deb yozdi Eron prezidenti ijtimoiy tarmoqlarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring