Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Isroil havo hujumlaridan Falastinda 20 kishi, jumladan, bolalar halok bo‘ldi

Isroil havo hujumlaridan Falastinda 20 kishi, jumladan, bolalar halok bo‘ldi

Foto: «Regiondv.com»

Isroilning havo hujumlaridan 20 falastinlik, shu jumladan, to‘qqiz nafar bola halok bo‘lgan. Bu haqda Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib «RIA Novosti» xabar berdi.

«Isroilning G‘azo sektoriga uyushtirgan aviazarbalari natijasida anklavda yigirma falastinlik, shu jumladan, to‘qqiz nafar bola va bir ayol halok bo‘ldi. Yana 65 besh kishi jarohat oldi», — degan Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Ashraf al-Kidra.

Avvalroq XAMASning jangovar Al-Qassam guruhi Isroil tomon raketalar uchirgandi.

Quddus va Beyt-Shemeshda raketadan ogohlantiruvchi signal yangragan. Bundan tashqari, Falastin «Islomiy Jihod» guruhi Isroilning Sderot shahriga raketa hujumi uyushtirganini aytib o‘tgan. Isroil Mudofaa kuchlari, Isroil armiyasining matbuot xizmati, Sderotga qilingan hujumda bir kishi yaralanganini ma’lum qilgan.

Isroil armiyasi rahbariyatining so‘zlariga ko‘ra, G‘azo sektoridan jami 45 ta raketa uchirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring