Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kamchatka qishloqlarini vulqon kuli qoplamoqda

Kamchatka qishloqlarini vulqon kuli qoplamoqda

Kamchatkaning Klyuchi qishlog‘ida Shiveluch vulqonining otilishidan yopirilgan  kul so‘nggi 60 yildagi eng kuchlisi bo‘ldi. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasining Uzoq Sharq bo‘limining vulqonologiya va seysmologiya instituti ma’lum qildi.

«Shiveluchga eng yaqin aholi punkti bo‘lgan Klyuchida shunday katta miqdordagi kulning tushishi oxirgi marta 1964 yilda qayd etilgan. Taxminan 8,5 sm qalinlikdagi kul qatlami allaqachon tushib bo‘lgan va kul tushishi davom etmoqda», dedi institut direktori Aleksey Ozerov.

Avvalroq Ust-Kamchatskiy viloyati rahbari Oleg Bondarenko Shiveluch vulqonining otilishi boshlanganini ma’lum qilgandi. Vulqondan bir necha yuz kilometr radiusda osmonni kul buluti qoplagan.

Mutaxassislar kul bulutining Petropavlovsk-Kamchatskiy va Kamchatkaning yana to‘rt tumaniga tarqalishi ehtimolini qayd etishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring