Keksalarga ko‘z nurini qaytaradigan dori ishlab chiqarildi

Olimlar keksalarda ko‘rish qobiliyatining yo‘qolishiga qarshi ko‘zga tomiziladigan dori ishlab chiqishdi, deb xabar berdi Medical Xpress.
AQSh Oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlar sifati ustidan sanitariya nazorati boshqarmasi (FDA) dorini ishlab chiqarish va sotishga ruxsat bergan.
VIZZ savdo nomi ostidagi dori yosh bilan bog‘liq ko‘rish qobiliyatining pasayishini davolashga mo‘ljallangan — bir marta qo‘llanilishi ko‘rish tiniqligini oshiradi, yaqin masofadagi narsalarga diqqatni jamlash va aniqroq ko‘rish imkonini beradi. Aytilishicha, bu dori ustidagi tadqiqotlar 20 yil davom etgan, shu bois hech qanday yon ta’sirlari yo‘q.
Ma’lumotlarga qaraganda, jahonda ikki milliarddan ziyod odam keksalik bilan bog‘liq ko‘rish qobiliyati pasayib ketishidan qiynalmoqda, yangi tomchi dori ko‘zoynaksiz va jarrohlar ishtirokisiz ko‘rish qobiliyatini tiklashi aytilmoqda.
Dori vositasi joriy yildan sotuvga chiqarilishi kutilyapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter