Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kim Chen In KXDR armiyasining «muhim missiyasi» haqida e’lon qildi

Kim Chen In KXDR armiyasining «muhim missiyasi» haqida e’lon qildi

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In mamlakat havo kuchlari yangi strategik qurollarga ega bo‘lishini e’lon qildi. Uning ta’kidlashicha, Shimoliy Koreya armiyasiga «yangi muhim vazifa»  yuklanadi

Koreya Markaziy axborot agentligi xabariga ko‘ra,«Koreya demokratik respublikasi havo kuchlari yangi strategik harbiy resurslar bilan birga yangi muhim vazifalarni ham olishini aytib, u partiya va mamlakat havo kuchlariga katta umidlar bog‘laganini ta’kidladi». 

Kim Chen In havo kuchlarining 80 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda yangi strategik aktivlarning yetkazib berilishini e’lon qildi.

Shimoliy Koreya yetakchisi mamlakat havo kuchlari «yadroviy to‘siqda rol o‘ynay boshlaganini» va «dushman tomonidan josuslikning barcha shakllari va mumkin bo‘lgan harbiy provokatsiyalarga qat’iy qarshi turishi kerakligini» qo‘shimcha qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring