Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kobuldagi «Bush bozori» nomi o‘zgardi

Kobuldagi «Bush bozori» nomi o‘zgardi

Foto: «AP Photo»

Afg‘onistonda hukumat tepasiga kelgan «Tolibon» harakati AQShning sobiq prezidenti Jorj Bush sharafiga atalgan, xorijiy mollar sotiladigan bozor nomini o‘zgartirishdi. Bu haqda «RIA Novosti» yozmoqda.

Sotuvchilardan birining aytishicha, bozor darvozasi tepasiga qoqilgan «Bush bozori» peshlavhasidagi so‘zlar «Mujohidlar»ga almashtirilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, «Bush bozori» Amerika qo‘shini 2001-yili Afg‘onistonga kirganidan keyin paydo bo‘lgan.

Bungacha «Tolibon» Kobul aeroportidan Hamid Karzay (sobiq prezident) nomini, Kobuldagi pedagogiga universitetidan Burhoniddin Rabboniy (2011-yilda o‘ldirilgan sobiq prezident, professor) nomini olib tashlashgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring