Kognitiv psixoterapiya asoschisi 101 yoshida vafot etdi
Filadelfiyada (AQSh) kognitiv psixoterapiya asoschisi Aaron Temkin-Bek hayotdan ko‘z yumdi. Amerikalik psixiatr va psixoterapevt, Pensilvaniya universiteti professori 18-iyul kuni 100 yoshga to‘ldi.
«Bugun institutimiz, bemorlar va amaliyotchi shifokorlarimiz hamjamiyati hamda Bek oilasi otam, doktor Aaron Bekning vafoti munosabti bilan motam tutmoqda. U 100 yoshida olamdan o‘tdi», – dedi professorning qizi Judit Bek.
Uning so‘zlari 1994-yilda otasi bilan hamkorlikda asos solgan Bek institutining xabarida keltirilgan. Institutda, shuningdek, oila va xodimlar psixoterapevt merosini qadrlash, uning faoliyatini davom ettirish va odamlarning baxtli hayot kechirishiga yordam berish missiyasini bajarish niyatida ekanliklarini ta’kidladi.
Aaron Bek 1921-yili AQShda Rossiya imperiyasidan kelgan muhojirlar oilasida dunyoga kelgan. U Braun universitetida nevrologiyadan tahsil olgan, ammo keyinchalik psixologiya va psixiatriya bilan qiziqib qolgan. U psixoterapiyada kognitiv yo‘nalish usulining asoschisi hisoblanadi. 1950-yillarda terapiya paytida bemorlarning xatti-harakatlariga ta’sir qiladigan fikrlari va his-tuyg‘ulariga e’tibor berishni taklif qildi. Bek yozgan eng mashhur kitoblar – «Shaxsiyat buzilishining kognitiv psixoterapiyasi» va «Depressiyada kognitiv terapiya».
Shuningdek, u odamda depressiyani aniqlash va uning darajasini belgilash uchun test tuzdi. Bek depressiyasi deb ataluvchi shkala shunga o‘xshash kasallikka chalingan odamlarga xos bo‘lgan 21 toifadagi shikoyatlarni o‘z ichiga oladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter