Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farzandini maktabga berayotgan ota-onalar uchun eng muhim 10 ta savolga javob

Farzandini maktabga berayotgan ota-onalar uchun eng muhim 10 ta savolga javob

Bugun farzandini maktabga berish arafasida turgan ota-onalarda my.gov.uz orqali 1-sinfga hujjat topshirishda yuzaga kelayotgan ko‘plab savollarga javob beramiz:

  • Savol: Uyimga biriktirilgan maktab tizimda ko‘rinmayapti, ba’zan noto‘g‘ri maktab chiqyapti. Nima qilishim kerak?

— Birinchi navbatda, arizani turmush o‘rtog‘ingizning (agar onasining profilida chiqmayotgan bo‘lsa, otasining yoki aksincha) my.gov.uz profili orqali yuborishga urinib ko‘ring. Agar muammo hal bo‘lmasa, maktabni yashash manzilingizga biriktirish uchun ko‘rsatilgan raqamga murojaat qiling.

  • Arizani topshirishning 1-qadamida “Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tekshiruvi vaqtincha ishlamayapti. Iltimos, keyinroq qayta urinib ko‘ring” yoki “Tashqi tizimdan yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotni olishning imkoni bo‘lmadi” degan xatolik chiqyapti...

— Ayni kunlarda arizachilar oqimi juda yuqori bo‘lganligi sababli Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining serverlarida vaqtincha uzilishlar yuzaga kelmoqda. Xavotirga o‘rin yo‘q, biroz vaqt o‘tib arizani qaytadan yuborishingiz mumkin.

  • Arizam rad etildi va sababi sifatida “Kechirasiz, ma’lumotlar almashinuvida uzilishlar mavjud // Izvinite, yest pereboi v obmene dannix” deb ko‘rsatildi. Endi nima qilaman?

— Davlat personallashtirish markazi (DPM) tizimidagi vaqtinchalik texnik uzilishlar sababli shunday xatolik yuzaga kelishi mumkin. Arizani birozdan keyin qaytadan yuborishingizni so‘raymiz.

  • Men ham 1-sinfga onlayn qabul uchun ariza topshira olamanmi?

— Bu siz yashayotgan tuman onlayn qabul tizimiga kiritilganligiga bog‘liq. Agar siz istiqomat qilayotgan tuman tasdiqlangan ro‘yxatda mavjud bo‘lsa — XA, topshira olasiz. Agar tuman ro‘yxatda bo‘lmasa — YO‘Q, maktabga bevosita murojaat qilinadi.

  • 1-sinfga onlayn ariza topshirishning muqobil usuli bormi?

— Ha, bor. Agar siz my.gov.uz portali yoki mobil ilovasidan foydalanishni istamasangiz, arizani Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining maxsus https://my.maktab.uz/ portali orqali ham yuborishingiz mumkin.

Agar siz arizani https://my.maktab.uz/ sayti orqali yuborsangiz, ushbu ariza va uning holati my.gov.uz portalidagi shaxsiy kabinetingizda aks etmaydi. Arizani faqat o‘sha yuborilgan saytning o‘zidan kuzatib borishingiz kerak bo‘ladi.

  • Mikrohududlarni kim belgilaydi?

— Amaldagi qonunchilikka muvofiq, tuman va shahar hokimliklari qaroriga ko‘ra mikrohududlar belgilanadi, ya’ni, maktablarga yaqin hududlar (mahalla, ko‘cha, ko‘p qavatli uylar) maktablarga biriktiriladi.

  • Nima uchun bolani 1-sinfga joylashtirishda mening mikrohududimga biriktirilgan maktabga ustuvorlik beriladi?

— Qonunchilikka muvofiq, umumiy o‘rta ta’lim majburiy hisoblanadi va o‘quvchilarga yashash joyi (mikrohudud) bo‘yicha davlat umumta’lim muassasalariga qabul qilinish huquqi kafolatlanadi.

  • Men bolamni mikrohududdagi maktabga emas, ish joyimga yaqin maktabga joylashtira olamanmi?

— Albatta, buning uchun 1 avgustdan so‘ng tanlagan maktabingizga mikrohududdan tashqari tarzda ariza bilan murojaat qilishingiz mumkin (elektron qabul mavjud bo‘lgan hududlarda elektron tizim orqali). Qabul bo‘sh o‘rinlar mavjudligi, maktabning malakali o‘qituvchilar bilan ta’minlanganligi va o‘quv xonalarining jihozlanganligi hisobga olingan holda amalga oshiriladi. O‘quvchilar soni maktab sig‘imidan ortiq bo‘lgan maktablarda qo‘shimcha kvota bo‘yicha qabul amalga oshirilmaydi. Bunday hollarda hududiy boshqaruv organlari sizga yaqin joylashgan boshqa maktablarni tavsiya qiladi.

  • Agar mening mikrohududimga biriktirilgan maktabda rus tilida ta’lim beriladigan sinflar bo‘lmasa, bolamni qaysi maktabga joylashtirishim mumkin?

— Bunday holatda tanlagan ta’lim tili bo‘yicha eng yaqin maktab biriktiriladi. Qo‘shimcha ma’lumotni hududiy boshqaruv organlaridan olishingiz mumkin.

  • Mening doimiy ro‘yxatdan o‘tgan manzilim boshqa joyda, amalda esa boshqa joyda yashayman. Bolamni amalda yashash joyim bo‘yicha maktabga joylashtira olamanmi?

— Elektron qabul amalga oshiriladigan hududlarda tizim IIVning manzil ma’lumotlari bazasi bilan integratsiya qilingan. Ariza topshirishda bazadagi doimiy ro‘yxatdan o‘tgan manzilingiz hisobga olinadi. Agar bolangizni amalda yashash joyingiz bo‘yicha joylashtirmoqchi bo‘lsangiz (doimiy ro‘yxat bo‘lmagan holda), 1 avgustdan keyin ariza topshirishingiz mumkin.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring