Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kreml Qodirovning sog‘lig‘i haqida «spravka» bermaydi — Peskov

Kreml Qodirovning sog‘lig‘i haqida «spravka» bermaydi — Peskov

Kreml Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning sog‘lig‘i haqida tibbiy ma’lumotnoma bermaydi. Bu haqda Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, davlat rahbari ma’muriyatida bu borada hech qanday ma’lumot yo‘q.

«Har qanday holatda ham, prezident ma’muriyati salomatlik haqidagi tibbiy ma’lumotnomalarni berishi dargumon, shuning uchun bu borada aytadigan gapimiz yo‘q», dedi Kreml matbuot kotibi Ramzan Qodirovning haqidagi savolga javoban.

Bundan tashqari, u Checheniston rahbari va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida hech qanday uchrashuv bo‘lmaganini aytdi.

Avvalroq Checheniston rahbarining kasalligi haqida mish-mishlar tarqala boshlagandi. Bunday ma’lumotlarning asosiy manbai Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi vakili Andrey Yusov bo‘ldi.

O‘z navbatida, Qodirov o‘zining ahvoli yaxshi ekanini aytib, video tarqatdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring