Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Lotereya g‘olibi 36 million dollardan quruq qoldi

Lotereya g‘olibi 36 million dollardan quruq qoldi

AQShda lotereya g‘olibi o‘z yutug‘ini talab qilmagani uchun 36 million dollar yo‘qotdi, deb yozadi Business Insider nashri. 

Lotereya tashkilotchilarining aytishicha, g‘olib kompaniya bilan  aloqaga chiqmagani uchun ular o‘yin natijalarini bekor qilishga majbur bo‘lishdi.

Tashkilotchilarning fikricha, bu tarixda birinchi marta kuzatilmoqda. Qolaversa, millionlarning egasi to‘satdan paydo bo‘lgan taqdirda ham, u hech narsasiz qoladi - bu qoidalarda mustahkamlab qo‘yilgan. Chunki muddat tugab bo‘lgan. 

Ma’lum qilinishicha, yutuqli chipta 2023-yilning avgustida Jeksonvil shahrida xarid qilingan. Jekpotning 80 foizga yaqini xayriya ishlariga, qolgani esa boshqa sovrin jamg‘armalari o‘rtasida qayta taqsimlanadi.

Avvalroq AQShlik yigit unutilgan lotereya bileti sabab mashinalik bo‘lgani xabar qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring