Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Maykl Jeksonning otasi vafot etdi

Maykl Jeksonning otasi vafot etdi

Foto:«Youtube.com»

Pop-musiqa afsonasi Maykl Jeksonning otasi Jo Jekson Los-Anjelesda vafot etdi. Bu haqda  «Daily Mail» xabar berdi.

Bu oyda prodyuser Jo Jekson saratonning so‘nggi bosqichi bilan shifoxonaga yotqizilgandi. U 89 yoshida olamdan ko‘z yumdi.

Bir necha yil avval Joning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar sezila boshlangan. 2015-yilda u uch marta yurak xurujini boshidan o‘tkazdi, 2016-yilda esa ma’lum muddat shifoxonada davolanib chiqqan.

Avvalroq ham Jo Jekson shifoxonaga tushgani haqida xabar bergan edik.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring