Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tan soqchi Maykl Jeksonning o‘limi sirini fosh etdi

Tan soqchi Maykl Jeksonning o‘limi sirini fosh etdi

Foto: «RAMBLER»

Maykl Jeksonning sobiq tan soqchisi Mett Fidds jurnalistlarga pop qiroli o‘limi sababini ma’lum qildi. Hozirgi kunda jang san’ati maktabi egasining so‘zlariga ko‘ra, 2005-yilgi sud pop-yulduzi salomatligini ado qilgan. Bu haqda «RAMBLER» xabar bergan.

Fidds Jekson haqidagi yangi hujjatli film namoyishi bo‘yicha intervyu berdi. Uning aytishicha, qo‘shiqchi pedofillikda ayblanganidan qattiq qayg‘urgan. Sud uni aybsiz deb e’lon qilganiga qaramay, «jarohat yetkazib bo‘lingandi».

Hukmdan so‘ng Maykl Jeksonning avvalgi holatiga qaytolmasligi ma’lum bo‘ldi, — deydi Fidds.

U qo‘shiqchi oxirgi yillarda tirik murdani eslatgani, ovqatlanishga va uxlashga qiynalganini ham qo‘shib qo‘ydi.

Fiddsning ta’kidlashicha, u Maykl Jekson haqida barini biladigan kimsalardan biri. Uning aytishicha, qo‘shiqchi ta’qib vasvasasidan qiynalgan va konsert berayotganida uni o‘ldirib qo‘yishlaridan xavfsiragan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring