Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mo‘g‘ulistonda Chingizxon nomidagi yangi aeroport ochildi

Mo‘g‘ulistonda Chingizxon nomidagi yangi aeroport ochildi

Foto:«Bolshaya Aziya»

Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Bator shahridan uncha uzoq bo‘lmagan hududda Chingizxon nomidagi yangi aeroport ochildi. Bu haqda MONSAME agentligi xabar berdi. 

Ushbu aeroportda 12 kompaniyaning samolyotlari aviaparvozlarni amalga oshiradi. Ular ichida ikki rus aviakompaniyalari ham bor. Ilk parvoz Ulan-Batordan Tokioga amalga oshirilgan. 

Yangi aeroport Yaponiya yordami moddiy-texnik bilan qurilgan bo‘lib, mamlakat poytaxtidan 50 kilometr uzoqlikda joylashgan. Inshoot bir yilda 2-3 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsata olishi kutilmoqda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring