Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

NASA Kaliforniyadagi yong‘inning koinotdan olingan rasmini namoyish qildi

NASA Kaliforniyadagi yong‘inning koinotdan olingan rasmini namoyish qildi

Foto: «Regnum»

NASA Amerika aerokosmik agentligi kosmik suratni chop etdi: unda Kaliforniya shtatidagi keng qamrovli tabiiy yong‘indan chiqayotgan tutun yaqqol aks etgan. Rasm idoraning «Twitter»dagi mikroblogida namoyish etilgan.

Suratda shtat sohili bo‘ylab yong‘indan taralayotgan tutun juda yaxshi ko‘rinib turibdi.

«REGNUM»ning xabar berishicha, Kaliforniyadagi yong‘in tufayli qariyb 50 ming kishi boshqa joyga ko‘chirilishi e’lon qilingan: chunki alangani o‘chirishning iloji bo‘lmayapti. Birgina Los-Anjeles okrugida tilsiz yov 1,5 ming gektar maydonni qurshab olgan.

Shtat hududida favqulodda holat e’lon qilingan bo‘lib, yong‘in xavfsizligining ekstremal «qizil» tartibi joriy qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring