Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nepalda Hilton mehmonxonasi yoqib yuborildi

Nepalda Hilton mehmonxonasi yoqib yuborildi

Foto: X ijtimoiy tarmog‘i

Nepal poytaxti Katmanduda Hilton mehmonxonasi yonib ketdi. Bu haqda mahalliy Khabarhub nashri xabar berdi.

Isyonchilar o‘t qo‘ygan mehmonxona binosini o‘chirish imkoni bo‘lmagan. 10-sentyabr kuni Hindistonning ANI axborot agentligi e’lon qilgan videoda bino butunlay yonib, qurum bilan qoplanganini ko‘rish mumkin.

Mehmonxona va «Nepal kongressi» hukmron partiyasi rahbarining o‘g‘li o‘rtasida aloqadorlik bor degan xabarlar tarqalgandan so‘ng, isyonchilar Hilton binosiga o‘t qo‘yishgan.

Bungacha Nepaldagi «Z avlod» isyonlari chog‘i hukumat uyi va mamlakat ramzi — Singha Durbar saroyi yonib kulga aylangandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring