Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Notr Dam ibodatxonasiga o‘t ketishiga ta’mirlash emas, boshqa narsa sabab bo‘lgan

Notr Dam ibodatxonasiga o‘t ketishiga ta’mirlash emas, boshqa narsa sabab bo‘lgan

Foto: «Reuters»

Notr Dam ibodatxonasi yonib ketishi bilan bog‘liq boshqa tafsilotlar ma’lum bo‘lmoqda. Politsiya tomonidan xabar qilinishicha, yong‘in kelib chiqishiga qisqa tutashuv sabab bo‘lishi mumkin.

Hozircha soborni to‘liq ko‘zdan kechirish uchun xavfsizlik nuqtai nazaridan imkon bo‘lmayapti. Politsiya tomonidan ta’mirlash ishlarida qatnashgan ustalar va sobor xizmatchilari tergovi davom etmoqda.

Binoning zaiflashib qolgan devorlarini mustahkamlash uchun yog‘och ishlatilgan bo‘lgan. Qisqa tutashuv natijasida yong‘in kelib chiqqani tahmin qilinmoqda. Biroz vaqt muqaddam o‘t ketishiga ta’mirlash ishlari sabab bo‘lgani aytilayotgan edi. Sobor atrofida 100 metr balandlikda ta’mirlash narvonlari o‘rnatilgan bo‘lgan.

Parij shahri prokurori Remi Eyts Notr Dam ibodatxonasiga ataylab o‘t qo‘yilgani borasida hech qanday asos yo‘qligini bir necha bor takrorlagan. Eslatib o‘tamiz, sobor 15 aprelda yonib ketgan edi. Yong‘in natijasida tomning katta qismi va minora yonib ketgan. Faqat 16 aprel tongida o‘t o‘chiruvchilar olovni to‘liq o‘chirishga muvaffaq bo‘lishdi.

Turli baholashlarga ko‘ra Notr Dam ibodatxonasini qayta tiklashga 10 yilgacha vaqt ketishi mumkin. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron esa soborni 5 yil davomida qayta tiklashga va’da bergan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring