Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nyu-Yorkda 11 sentyabrdagi portlashda vayron bo‘lgan metro bekati qayta ochildi

Nyu-Yorkda 11 sentyabrdagi portlashda vayron bo‘lgan metro bekati qayta ochildi

Foto: «RIA Novosti»

Nyu-York shahrida 17 yil avval terrorchilik xuruji tufayli yopib qo‘yilgan metro bekati ochildi, deya xabar beradi «RIA Novosti» axborot agentligi. 

«Cortlandt Street» metro bekati Butunjahon savdo markazi ostida joylashan.

Terrorchilik hujumidan so‘ng metro bekati jiddiy zarar ko‘rgan, shu tufayli yopib qo‘yilgan edi. 17 yil vaqt o‘tib, shanba, 8 sentyabr kuni metro «WTC Cortlandt» nomi bilan qaytadan ochildi.

Metro bekatini qayta tiklash uchun 158 million dollar mablag‘ sarflangani aytilmoqda.

Qayta tiklangan metro bekati AQShning Mustaqillik deklaratsiyasi hamda BMTning Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi matni bilan bezatilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2001 yil 11 sentyabr kuni «al-Qoida» terrorchi guruhi xudkushlari to‘rtta samolyotni egallab Amerikadagi Butunjahon savdo markazi, Pentagon hamda tahminlarga ko‘ra Oq uy yoki Kapitoliyga hujum uyushtirishgan edi.  

Terrorchilik hujumi oqibatida 2974 kishi halok bo‘lgan, 24 kishi bedarak yo‘qolgan, minglab kishilar yaralangan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring