Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Odnoklassniki» shahzoda Harri va Megan Marklning to‘yini ko‘rsatadi

«Odnoklassniki» shahzoda Harri va Megan Marklning to‘yini ko‘rsatadi

Shahzoda Harri va Megan Marklning to‘yi 19-may kuni «Odnoklassniki» ijtimoiy tarmog‘ida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatiladi. Ijtimoiy tarmoq «BBC Worldwide» bilan birgalikda teleko‘rsatuvning 5 soatlik versiyasini Buyuk Britaniyadan to‘liq olib ko‘rsatadi. Tomoshabinlar marosimda ishtirok etayotgan barcha mashhur insonlar, shu jumladan, Elton Jon, Jorj Kluni, Devid Bekxem va boshqalarni ko‘radilar.

Tantanalarni «Odnoklassniki»dagi «Ledi Mail.Ru» medialoyihasi guruhida kuzatish, jonli efirni «Ledi Mail.Ru» saytida ham ko‘rish mumkin. Shuningdek, ko‘rsatuv «Odnoklassniki. Video» guruhida «BBC Worldwide»ning ingliz tilidagi original sharhlari bilan beriladi.

Namoyish Rossiya va MDH mamlakatlarida Moskva vaqti bilan soat 11:00 dan 16:00 gacha davom etadi. Rus tilidagi namoyishni «Ledi Mail.Ru» rahbari Yelena Volodina va nashrning bosh muharriri Alya Badanina sharhlab borishadi.

Namoyishni «Odnoklassniki» veb-versiyasida, «iOS» va «Android»dagi «Odnoklassniki» mobil ilovalarida, shuningdek, «Smart TV» va «Android TV»da «OK Video» ilovasida katta ekranda kuzatish mumkin.

Dastlabki uch soat davomida mehmonlar Berkshir grafligidagi Vindzor qasri hududida joylashgan Avliyo Georgiy ibodatxonasiga kelishadi, bu yerda nikoh marosimi bo‘lib o‘tadi.

To‘yga ikki yarim ming nafar mehmon taklif qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring