Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘n yil otasining jasadi bilan yashadi

O‘n yil otasining jasadi bilan yashadi

Foto: «bigpicture.ru»

Fransiya shimolidagi Sen-Kventin shahrida bir kishi otasining jasadini uyida 10 yildan ziyod vaqt saqlagani, o‘zi ham shu yerda yashagani ma’lum bo‘ldi, deya xabar beradi «Hurriyet.com.tr» sayti.

Mahalliy «Courrier Picard» gazetasi xabariga ko‘ra, voqea 79 yoshli Andre Arnoning o‘limi sababli yuzaga chiqqan.

Andre Arnoning shu yil 17-sentyabrda vafot etgani haqidagi xabar hokimiyatga yetkazilgan. Xabarda Arno uch kun avval o‘lgani, u dafn etilgani aytilgan.

Yolg‘iz yashagan Arnoning uyini tozalash uchun kelgan farrosh badbo‘y hidni sezgan va qidirib yana bir jasadni topgan.

Surishtiruv natijasida jasad Arnoning otasi Feliks Arnoga tegishli ekani, u kamida 10-yil avval vafot etgani aniqlandi.

Andre Arno otasi vafot etgach, uning o‘limi haqida hech kimga xabar bermasdan, jasadga kimyoviy moddalar surib, o‘rab qo‘ygani aniqlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring