Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qatarda hozir 46 daraja issiq. Yo‘lni ko‘k rangga bo‘yashdan foyda chiqarmikan?

Qatarda hozir 46 daraja issiq. Yo‘lni ko‘k rangga bo‘yashdan foyda chiqarmikan?

Foto: «Daily Mail»

Qatar ko‘chalarida konditsionerlar o‘rnatilmoqda, deb yozyapti «Daily Mail». Xabarlarga ko‘ra, hozir bu mamlakatda havo harorati Selsiy bo‘yicha 46 darajaga chiqib ketgan.

Ana shu jazirama inobatga olinib ham Qatardagi futbol bo‘yicha jahon chempionati havo salqinroq payt — noyabr-dekabr oylariga belgilangan.

Foto: «Daily Mail»

Qatardagi stadionlarga 2018-yiliyoq konditsionerlar o‘rnatib bo‘lingan.

Ingliz nashri yozadiki, yanada salqinroq bo‘lishi uchun mamlakat poytaxti Dohada yana bir chorani sinab ko‘rishyapti — avtomobil yo‘llaridan birini ko‘k rangga bo‘yab chiqishyapti. Mutaxassislar ko‘k rang quyosh nurini yaxshi qaytaradi deyishmoqda, ya’niki «ko‘k ko‘cha» kam qizib, havoga ham kam issiq chiqaradi. Muhandislarning aytishlaricha, oddiy asfalt kunduzi issiqni tinmay yutgani uchun havoga nisbatan 20 daraja issiqroq bo‘ladi.

Qo‘shimchasiga yangi qoplama tarkibida infraqizil nurlanishni qaytaruvchi maxsus keramik mikrosferalar ham bo‘ladi. Sinov tariqasida 250 metrlik shunaqa yo‘lni qurishdi. Jaziramaga qarshi bunaqa usullar dunyoning boshqa shaharlarida qo‘llanilmoqda. Masalan, Los-Anjelesda sovituvchi bo‘yoq bilan qoplangan trassalar bor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring