Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonda Peskovning rafiqasining shousi bekor qilindi

Qozog‘istonda Peskovning rafiqasining shousi bekor qilindi

Qozog‘istonda figurali uchish bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari chempioni Tatyana Navkaning shousi bekor qilindi. Bu haqda Sputnik nashri xabar berdi. 

Tadbirni o‘tkazish yoki bekor qilish masalasi shou bo‘lib o‘tadigan «Almati Arena» majmuasi vakillari va Tatyana Navkaning agentlari o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma munosabatlari doirasida hal qilinishi aytilgan. 

«Almati Arena» majmuasi konsert bo‘limi ma’muriyatining so‘zlariga ko‘ra, tashkilotchilar konsertni bekor qilish niyatida», — deya qo‘shimcha qildi departament.

Tatyana Navka ikki karra jahon chempioni, uch karra Yevropa chempioni va uch karra Rossiya chempioni Roman Kostomarov bilan birgalikda muz raqsi bo‘yicha Olimpiya chempioni.

Tatyana Navka 2015-yil 1-avgustda Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovga turmushga chiqqan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring