Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qurbaqaning yangi turiga Greta Tunberg nomi berildi

Qurbaqaning yangi turiga Greta Tunberg nomi berildi

Foto: «Ferra»

Yaqinda Panama junglilarida yomg‘ir qurbaqasining yangi turi topilgandi. Oxir-oqibat qurbaqaga nom qo‘yishni kimoshdi savdosi orqali hal qilishga qaror qilishdi.

Bu ishlarni Rainforest Trust tabiatni muhofaza qilish tashkiloti o‘z zimmasiga oldi. Kimoshdida yutgan odam qurbaqaga nom beradigan bo‘ldi. Auksionda yutgan kishi amfibiya (suvda va quruqlikda yashovchi) jonivorga, taniqli ekofaolning sharafiga, Pristimantis gretathunbergae, deya nom berishni taklif qildi.

Voqeaga nisbatan Greta Tunbergdan sado chiqqani yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, Panamaning Chukanti tog‘iga uyushtirilgan ekspeditsiya chog‘i hali fanga noma’lum ushbu yorqin rangli qurbaqa kashf etilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring