Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ramzan Qodirov tergovdagi shaxsni urayotgan 15 yoshli o‘g‘lining videosini tarqatdi

Ramzan Qodirov tergovdagi shaxsni urayotgan 15 yoshli o‘g‘lining videosini tarqatdi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘g‘li Adam Qodirov Qur’onni yoqishda ayblanayotgan Nikita Juravelni urgani aks etgan videoni tarqatdi.

Checheniston rahbari o‘g‘lining harakatini ma’qullab, «urdi va to‘g‘ri ish qildi. Qolaversa, har qanday muqaddas kitobga tajovuz qilgan, jumladan, uni ko‘rgazmali ravishda yoqib yuborgan va bu orqali katta mamlakatimizning o‘n millionlab fuqarolarini tahqirlagan har bir kishi qattiq jazolanishi kerak, deb hisoblayman», — deb yozdi Qodirov o‘zining Telegram kanalida.

Nikita Juravel bahorda Volgogradda masjid yonida Qur’onni yoqish bilan bog‘liq aksiyadan so‘ng hibsga olingandi. Rossiya Tergov qo‘mitasi bu ishni tergov qilishni Checheniston huquq-tartibot organlariga o‘tkazib bergan edi.

«Bu yaramaslar davlat qurishni ham, uni rivojlantirishni ham xohlamaydi. Ular Rossiyada hamma tinch va yonma-yon yashashini istamaydi. Bunday provokatorlar va sotqinlar tanadagi kasal o‘simta bo‘lib, ularni kuydirish kerak.

Adamning xatti-harakatlaridan faxrlanaman. U doim tengdoshlari orasida emas, balki kattalar orasida o‘sishga intilishi bilan ajralib turardi, buning natijasida unda kattalarday sha’ni, qadr-qimmati va dinini himoya qilish ideali shakllanmoqda. Men uning tanlovini hurmat qilaman», — dedi Checheniston rahbari.

Checheniston rasmiylari Adam Qodirov Nikita Juravelni avgust oyida kaltaklaganini tan olgan. Biroq nega u tergov izolyatoriga kiritilgani va qiynoq qo‘llashga ruxsat berilgani haqida izoh berilmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring