Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shahzoda Filippning vasiyati 90 yilgacha ochilmaydi

Shahzoda Filippning vasiyati 90 yilgacha ochilmaydi

Foto: «New Style»

Shahzoda Filipp vasiyatining e’lon qilinishi 90 yilga kechiktirildi. Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning sha’ni va obro‘sini himoyalash maqsadida britan sudyasi ushbu qarorni chiqardi.

Vasiyat bo‘yicha ish London Oliy sudining oilaviy ishlar bo‘yicha bo‘limi raisi Endryu Mafarleyn tomonidan 2021-yilning iyul oyida — Edinburg gersogi (shahzoda Filipp) 9-aprel kuni 99 yoshida vafot etganidan so‘ng uch oy o‘tib ko‘rib chiqildi. Sud jarayonida bir tomondan shahzoda-konsortning merosxo‘rlari, ikkinchi tomondan Angliya va Uels bosh prokurori ishtirok etdi. Sud majlisi yakunida qirollik oilasi a’zosining vasiyatini ochmaslikka qaror qilindi.

Muhrlangan vasiyat London Oliy sudining oilaviy ishlar bo‘yicha bo‘limi raisining seyfida, qirollikning turli yillarda vafot etgan oila a’zolari vasiyatlari solingan boshqa 30 ta konvert bilan birga saqlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring