Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Singapurda bir sutkada 876 nafar koronabemor qayd etildi

Singapurda bir sutkada 876 nafar koronabemor qayd etildi

Foto: «Izvestiya»

Singapurda kecha koronavirusni yuqtirgan 876 nafar bemor aniqlandi. Bu haqda «REGNUM» mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligiga asoslanib xabar berdi.

Xabarda kasallar asosan yotoqxonalarda yashovchi chet ellik ishchilar ekani aytiladi.

Xorij OAVlarida Singapur koronavirusga qarshi eng yaxshi kurashayotgan mamlakatlardan biri sifatida tilga olinib kelinayotgandi.

Biroq hozirga kelib mamlakatda koronavirusni yuqtirganlar umumiy soni 23 336 tagacha o‘sdi. Shulardan 2 296 nafari tuzalib ketgan, qurbonlar nisbatan ancha oz — 20 nafar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring