Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sirli monolitni endi Boliviyada topishdi

Sirli monolitni endi Boliviyada topishdi

Foto: «Twitter»

Janubiy Amerikaning Boliviya mamlakati hududida ilgari bir nechta mamlakatlarda paydo bo‘lganga o‘xshash monolitni topishdi.

Santa-Krus departamentining Samaypata munitsipaliteti hokimiyati xabar berishicha, ushbu topilma balandligi uch metr, to‘rt qirrali metall tuzilmaga ega. Uning har bir tomonida turli tillarda yozuvlar qoldirilgan. Yozuvlarda nima deyishmoqchi bo‘lishgan, ularni kimlar qoldirgan — mutaxassislar shuni aniqlash uchun bosh qotirishyapti.

Eslatib o‘tamiz, ilgari bu kabi sirli monolitlar AQSh, Germaniya, Niderlandiya, Buyuk Britaniya va Ruminiya hududlarida topilgandi. Ispaniyada ham monolitni topishgan, biroq u yerga qulab tushgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring