Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sobiq vazir o‘n besh yildan so‘ng vataniga qaytgach qamoqqa olindi

Sobiq vazir o‘n besh yildan so‘ng vataniga qaytgach qamoqqa olindi

15 yillik qochqinlikdan so‘ng vataniga qaytgan Tailandning sobiq bosh vaziri Taksin Chinavat to‘g‘ridan-to‘g‘ri aeroportda hibsga olinib, Oliy sudga kuzatib qo‘yildi va sakkiz yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.

74 yoshli Chinavat 2001-2006-yillarda Tailand hukumatini boshqargan, shuningdek u Angliyaning «Manchester Siti» futbol klubining sobiq egasi bo‘lgan milliarderdir.

2006 yilda harbiy to‘ntarish natijasida ag‘darilgan va ko‘p o‘tmay mamlakatni tark etgan.

Sobiq bosh vazir o‘z vatanida yangi hukumat tomonidan bir qancha moddalar, jumladan, korrupsiya va mansab vakolatini suiiste’mol qilish bo‘yicha sirtdan qamoqqa hukm qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring