Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sochni ikki marta yuvganga — 500 yevro jarima

Sochni ikki marta yuvganga — 500 yevro jarima

Illyustrativ foto

Italiyaning Kastenaso shahri (Bolonya yaqinida joylashgan) hokimi mijozlarining sochini ikki marta yuvgan sartaroshlardan 500 yevrodan jarima undirishni buyurdi. Bu haqda «The Guardian» yozmoqda.

Karlo Gubellini (hokim) suvning behuda sarflanishiga qarshi shu tarzda kurashmoqchi. Minglab litr suv bekorga oqib ketyapti, dedi u.

Italiya so‘nggi 70 yildagi eng qattiq qurg‘oqchilikni boshdan o‘tkazyapti. Qanday qilib bo‘lmasin, suvdan tejab-tergab foydalanish choralari qidirilmoqda. Shaharlardagi daryolar quriyapti, hududlar suvni tejashga urinmoqda, Milanda, masalan, favvoralarni o‘chirib qo‘yishdi.

Ayrim ekspertlarning prognozi o‘ta tushkun: qurg‘oqchilik Italiya hududining 28 foizini cho‘lga aylantirishi mumkin.

Qolaversa, qurg‘oqchilik mamlakat iqtisodiyotida muhim o‘ringa ega qishloq xo‘jaligi, birinchi navbatda, vinochilik sohasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishidan xavotirlanishmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring