Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Styuardessaning harakati ijtimoiy tarmoqlarni larzaga keltirdi (video)

Styuardessaning harakati ijtimoiy tarmoqlarni larzaga keltirdi (video)

Belarusning «Belavia» aviakompaniyasi styuardessasi yo‘lovchi ayolning yosh bolasini ovutib, internet tarmog‘ida mashhurlikka erishdi. Holat tasvirlangan video instagramdagi @tutbylive akkauntida paydo bo‘ldi.

Videoda styuardessa bolakayni qo‘liga olib, parvoz paytida uni allalamoqda. Qayd etilishicha, bolaning onasi hojatxonaga borgan paytda u yig‘lay boshlagan. Styuardessa esa yordam berishga va bolani tinchlantirishga qaror qilgan.

 
 
 
 
 
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Publikatsiya ot TUT.BY (@tutbylive)

Internet foydalanuvchilari styuardessaning bu harakatlarini olqishlashdi va izohlarda uni maqtashdi. «Haqiqiy professional! Inson! Hurmat!», «Katta mehribon yurakli professional!», «Yaxshi ayol!», «Aqlli qiz! Buni ko‘rish juda yoqimli! Men kompaniya bu qizga o‘z minnatdorligini bildirishini istardim!», «U ham onasi ekanligi yaqqol sezilib turibdi. Qanday ta’sirli», deya yozishgan ular.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring