Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh fuqarosi parvoz vaqtida styuardessani tishlab oldi

AQSh fuqarosi parvoz vaqtida styuardessani tishlab oldi

Tokiodan Amerikaning Sietl shahriga uchgan samolyot zudlik bilan Yaponiya poytaxti aeroportiga qaytdi. Bunga styuardessaning tishlab olinishi sabab bo‘ldi.

CNN ma’lumotlariga ko‘ra, voqea 16 yanvar kuni kechki payt sodir bo‘lgan. All Nippon Airways (ANA) samolyoti mahalliy vaqt bilan 21:47 da Tokioning Haneda aeroportidan havoga ko‘tarilib, bir soatdan keyin qaytib keldi.

Aviakompaniya samolyotning zudlik bilan ortga qaytarilishi sababini bortdagi tartibsizliklar bilan izohladi. Yo‘lovchilardan biri, AQSh fuqarosi parvoz vaqtida styuardessani tishlab olgan. ANA vakilining aytishicha, zo‘ravon yo‘lovchi samolyot Tokioga qo‘nganidan keyin politsiya tomonidan qo‘lga olingan.

Styuardessa yengil jarohatlar olgan. Tokio politsiyasi hodisaning boshqa tafsilotlarini oshkor qilmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring