Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tailandda «jorj klunilar» qo‘lga olindi

Tailandda «jorj klunilar» qo‘lga olindi

Foto: «BBC»

Tailand politsiyasi ikki nafar italiyalik — Franchesko Galdelli va Vanya Goffini hibsga oldi. Galdelli va Goffi amerikalik aktyor Jorj Kluni nomidan biznes yuritib, odamlarni aldab kelishgan, deyiladi «VVS» xabarida.

Kluni o‘z nomidan ish ko‘rib uning brendidagi kiyim-kechaklar savdosi bilan shug‘ullanib kelayotgan Galdelli va Goffini 2010-yilda sudga bergandi. 2013 yili esa ikkovlonni Interpol qidirishga tushdi. Ular o‘z vatanlarida ham qator firibgarliklarni sodir etganlikda ayblanyapti.

Foto: «BBC»

Galdelli va Goffi Tailand va Italiya politsiyasi hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbir chog‘i Pattayyada tutildi. Ular Italiyadagi sud ta’qibidan bu yerga 2014-yilda qochib kelib yashirinishgan. Ammo vaqtni bekor ketkazishmagan: internetda qalbaki «Rolex» soatlarini sotish bilan shug‘ullanishgan.

Tailand politsiyasi italiyaliklarni firibgarlikdan tashqari migratsiya to‘g‘risidagi qonunni buzganlikda ham ayblayapti — ularning vizasi eskirib ketgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring