Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

 Tailandda yuzlab maymunlar boshpanadan qochib ketdi va bezorilik qildi

 Tailandda yuzlab maymunlar boshpanadan qochib ketdi va  bezorilik qildi

foto:https://thethaiger.com/

Kuni kecha Lopburi aholisi maymunlar boshpanasidan 100 dan ortiq jonivorlarning qochib chiqqaniga guvoh bo‘lishdi. Maymunlar to‘dasi hudud aholisida vahima uyg‘otdi. Ular bezorilardek ko‘chalarda aylanib yurishdi, uylarga bostirib kirishdi va hatto politsiya bo‘limi yaqinida tartibsizliklarni keltirib chiqardi. Bezorilar to‘xtab turgan mashinalarni vayron qilib, binolarga yo‘l olganidan so‘ng, yaqin atrofda joylashgan politsiya xodimlari bebosh hayvonlarni tartibga chaqirishga majbur bo‘lishdi.  

Lopburi rasmiylari Milliy bog‘lar, yovvoyi tabiat va o‘simliklarni muhofaza qilish departamenti bilan hamkorlikda harakatni boshladi. Maymun to‘dalarini maxsus qurol bilan qo‘rqitib boshpanaga qaytarishga muvaffaq bo‘lindi, ammo ba’zilari tungacha tutqich bermagan, ozodlikda qolgan.

Hozir rasmiylar tartibsizlik qanday sodir bo‘lganini tekshirmoqda. Maymunlar qafaslarni o‘zlari silkitib ochishga muvaffaq bo‘lganmi yoki inson aralashuvi rol o‘ynaganmi, ular hali aniqlay olishmadi. Ayni paytda xodimlar yana shunday hodisa ro‘y bermasligi uchun shikastlangan korpuslarni ta’mirlashni va qochish mumkin bo‘lgan joylarni mahkamlashni boshladilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring