Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tesla 2024-yil boshida misli ko‘rilmagan yo‘qotishlarga uchramoqda

Tesla 2024-yil boshida misli ko‘rilmagan yo‘qotishlarga uchramoqda

Tesla kompaniyasi 2024-yilning dastlabki ikki haftasida bozor qiymatining 94 milliard dollari miqdoriga kapital yo‘qotdi, bu Ilon Mask kompaniyasining birjadagi eng yomon ko‘rsatkichdir. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Amerika kompaniyasi aksiyalari qiymatining tez pasayishiga Xitoy sabab raqobat kuchayishi va avtomobillarga talabning pasayishi sabab bo‘lmoqda.

Qayd etilishicha, Tesla 2023-yilda kapitallashuvini ikki baravarga oshirgan, biroq avtomobil ijarasi bo‘yicha eng yirik kompaniyalardan biri Hertz Global Holdings Inc. elektr transport vositalaridan voz kechishi haqidagi xabarlardan so‘ng kompaniya aksiyalari keskin tushib ketdi.

Bloomberg Cowen tahlilchisi Jeffri Osbornning so‘zlaridan iqtibos keltiradi: «Tesla bilan bog‘liq investorlar uchun asosiy tashvish - bu elektromobil bozoridagi turg‘unlikdir».

Avvalroq Ilon Mask giyohvandlikka berilgani haqida xabarlar tarqalgan, milliarder esa buni inkor qilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring