Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Belarus muxolifati lideri Putin bilan uchrashishni istamoqda

Belarus muxolifati lideri Putin bilan uchrashishni istamoqda

Foto:«News.ru»

Belarus muxolifati yetakchisi Svetlana Tixanovskaya Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishni istaydi. Bu haqda  «Radio Svoboda Ukraina» xabar  bergan. 

Tixanovskaya Belarus masalasida rasmiy Moskva pozitsiyasini eshitishni xohlamoqda. 

«Tabiiyki, biz qo‘shnilarmiz va kelgusida ham o‘zaro munosabatlarni davom ettiramiz», - dedi siyosatchi. Tixanovskayaning so‘zlariga ko‘ra, Belarus xalqi Rossiyadan prezident Aleksandr Lukashenko rejimining qo‘llab-quvvatlashni emas, balki belorus xalqi bo‘yicha bayonotlarni va kelajakni birgalikda qurish istagini kutmoqda.

Avvalroq, Putinning matbuot kotibi Peskov Tixanovskaya bilan qandaydir aloqa o‘rnatish niyatlari yo‘qligini bayon etgandi. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 9-avgustdan buyon Belarusda namoyishlar to‘xtatgani yo‘q. Ular amaldagi prezident Lukashenkoni hokimiyatni topshirishga da’vat etishmoqda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring