Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

To‘rt oyoqli «farroshlar» parklarni tozalaydi

To‘rt oyoqli  «farroshlar» parklarni tozalaydi

Foto:«Hurriyet»

Rim shahar hokimligi xodim yetishmasligi sababli qarovsiz qolgan park va bog‘larni qo‘y-echkilar tozalashga mas’ul etib belgilanishini ma’lum qildi. Muxolif partiya ­— Italiya birodarlari e’tiroziga sabab bo‘lgan bu loyihani ziroatchilar uyushmasi qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda «Hurriyet» xabar bermoqda.

Rim hokimligining atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha mas’uli Pinussiya Montanari «Facebook» sahifasi orqali qo‘y va echkilar parklarni tozalashini ma’lum qildi. Montanarining fikrini shahar hokimi Virjiniya Raggi ham qo‘llab-quvvatlab: «Bu yaxshi fikr. Berlinda ham shu usuldan foydalaniladi», ­— dedi.

Shundan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda «to‘rt oyoqli farrosh» degan ibora paydo bo‘ldi.

Shahar deputati Andreya de Priamo hukumatni atrof-muhit muhofazasining uddasidan chiqa olmaslikda ayblab, bu loyihani «kulgili tragediya» deb atadi.

Bu loyihani Iste’molchilar uyushmasi ham qo‘llab-quvvatladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring